O‘zbekiston | 10:06 / 09.03.2026
1723
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Mo‘g‘ulistonning istiqbolli uran konlarini o‘rganadi

Qozog‘istonning Ulys Media axborot nashrida O‘zbekistonning xorijiy uran konlarini puxta o‘rganish bo‘yicha olib borayotgan ishlari haqida maqola e’lon qilindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Foto: navoiyuran.uz

Maqolada qayd etilishicha, O‘zbekiston Mo‘g‘ulistonning istiqbolli uran konlarini geologik o‘rganishni rejalashtirmoqda. Shu maqsadda joriy yil aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan hukumatlararo yig‘ilish doirasida ikki mamlakat tog‘-kon sanoati va geologiya vazirliklari hamda tegishli tashkilotlari o‘rtasida strategik bitim imzolanishi kutilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, tomonlar istiqbolli uran konlari bo‘yicha geologik va ekologik loyiha hujjatlarini ishlab chiqib, litsenziya olish uchun zarur hujjatlarni Mo‘g‘ulistonning vakolatli organlariga taqdim etadi. Birinchi bosqichda zaxiralarni baholash hamda keyingi ishlar yo‘nalishini aniqlashtirish maqsadida 60 ming pogon metrga yaqin maydonni burg‘ilash rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, O‘zbekistonning o‘zida ham joriy yilda to‘rtta uran konini o‘zlashtirish ishlari boshlanishi belgilangan. Xususan, “Arnasoy” (Jizzax viloyati), “G‘arbiy Qizilko‘k” va “Janubiy Jongeldi” (Navoiy viloyati), shuningdek “Sharqiy Agron” (Samarqand viloyati) konlarida ishlarni boshlash rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili O‘zbekistonda 139 ming tonna aniqlangan zaxiralar bilan 7 ming tonna uran qazib olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid