Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rishton va Mayzuru o‘rtasida birodarlik aloqalari yo‘lga qo‘yilishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyaning Kioto prefekturasida joylashgan Mayzuru shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi.
Foto: "Dunyo" AA
Safar doirasida delegatsiya Mayzuru shahri meri Akitsu Kamoda, shahar kengashi raisi Ryuji Kimotsuki hamda mahalliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muloqotlar chog‘ida O‘zbekiston va Yaponiya hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, ta’lim, kadrlar tayyorlash, savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar almashinuvlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar mavjud aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish va o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi.
Tashrifning muhim jihatlaridan biri sifatida elchi Mayzuru shahar kengashida nutq so‘zlab, Rishton va Mayzuru shaharlari o‘rtasida rasmiy birodar shaharlar munosabatlarini o‘rnatish tashabbusini ilgari surdi.
Qayd etilishicha, mazkur taklif shahar rahbariyati va kengash a’zolari tomonidan iliq qabul qilingan. Ular bu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qiziqish bildirdi.
Uchrashuvlar yakunida tomonlar ikki hudud o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash, insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirish va kelgusida rasmiy birodarlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
07:32 / 28.02.2026
Quyosh chaqnashlari zilzilani qo‘zg‘atishi mumkinmi? Yapon olimlarining yangi gipotezasi
22:40 / 22.02.2026
Onasiz maymuncha IKEA kompaniyasiga millionlab dollar foyda keltirdi
15:28 / 22.02.2026
Tashlab ketilgan maymun bolasi internet yulduziga aylandi
08:40 / 09.02.2026