Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp saylov qonunchiligini o‘zgartirishni talab qilmoqda
AQSh prezidenti Senat “Amerika saylovchilarining saylovlarda ishtirok etish huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilmaguncha hech qanday qonun loyihasini imzolamaslik bilan tahdid qildi. Bu hujjat pochta orqali ovoz berishning keng imkoniyatlarini cheklaydi.
Foto: Samuel Corum/Sipa USA/picture alliance
AQSh prezidenti Donald Tramp Senat “Amerika saylovchilarining saylovlarda ishtirok etish huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni (SAVE) ma’qullamaguncha, hech qanday boshqa qonun loyihasini imzolamaslik bilan tahdid qildi. Oq uy rahbari bu haqdagi tegishli yozuvni 8 mart, yakshanba kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirdi.
“Men prezident sifatida bu qonun qabul qilinmaguncha boshqa qonun loyihalarini imzolamayman, yana uning yumshatilgan variantini ham emas — oltin standartga intilish kerak: shaxsni tasdiqlovchi hujjat va fuqarolikni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi shart, pochta byulletenlariga — yo‘q, harbiy xizmatchilar, kasallik yoki nogironlik holatlari bundan mustasno,” — deb yozdi Tramp.
The Hill nashri qayd etishicha, Amerika prezidenti 2026 yil 3 noyabrda bo‘lib o‘tadigan AQSh Kongressiga oraliq saylovlar arafasida ovoz berish qoidalarini o‘zgartirish talablari bilan tobora faolroq chiqmoqda.
Nashr yozishicha, Tramp filibaster deb ataluvchi tartib — ya’ni parlament ozchiligi tomonidan qonun loyihalarini to‘sib qo‘yish taktikasi qo‘llangan taqdirda ham respublikachilar 60 ovozlik talabni chetlab o‘tib, qonun loyihasini atigi 51 ovoz bilan qabul qilishga erishishi mumkin, deb hisoblamoqda.
Tramp qonun chiqaruvchi organ yuqori palatasidagi respublikachi ko‘pchilik rahbari, Janubiy Dakota shtatidan senator Jon Tyunga ushbu taktikani qo‘llab-quvvatlash iltimosi bilan murojaat qildi.
SAVE Act AQSh Kongressi Vakillar palatasi tomonidan fevral oyida ma’qullangan bo‘lib, respublikachilar orasida keng qo‘llab-quvvatlanmoqda. Biroq demokratlar bu choraga qarshi chiqib, u ro‘yxatdan o‘tgan saylovchilar uchun muammolar tug‘dirishi va saylovda qatnashmoqchi bo‘lganlarga to‘sqinlik qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
2026 yil kuzida AQSh Kongressiga bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarda demokratlar Vakillar palatasidagi ko‘pchilikni qaytarib olishga umid qilmoqda. Hozirda esa respublikachilar ham quyi palatani, ham Senatni nazorat qilmoqda. AQShdagi oraliq saylovlarda odatda hukmron partiya ko‘pincha mag‘lubiyatga uchraydi.
Mavzuga oid
15:02
AQSh harbiy qo‘mondonligi Erondagi urush boshidan beri 8 harbiysi o‘limini tasdiqladi
13:22
Eronda 175 kishi halok bo‘lgan maktab hududiga AQShning Tomahawk raketasi urilgani ma’lum bo‘ldi
12:22
Livan va Eronda hujumlar qurbonlari soni qariyb 1600 nafarga yetdi
11:02