Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dorini retsepsiz berganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
Dorilarni retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.
Foto: Getty images
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik uchun BHM 100 baravaridan 200 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi. Amaldagi tahrirda mazkur huquqbuzarlik uchun BHM 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima belgilangan.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yoki ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, BHM 200 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.
Amaldagi tahrirda jarimaning eng kam miqdori BHM 100 baravarini tashkil etishi belgilangan.
2026 yil mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda BHM miqdori 412 ming so‘mga teng.
Mavzuga oid
14:35 / 09.03.2026
Toshkentda yana o‘smirlar mashina boshqarib yurgani ma’lum bo‘ldi
14:24 / 03.02.2026
Internetda haqorat va so‘kinish uchun ma’muriy javobgarlik joriy etish taklif qilinmoqda
18:12 / 21.01.2026
Shaxsga doir ma’lumotlarga sun’iy intellekt yordamida noqonuniy ishlov berganlik uchun javobgarlik belgilandi
16:45 / 17.01.2026