Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda IT-visa olish uchun yangi talablar joriy etildi
Adliya vazirligi axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining ta’sischilariga tavsiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, mazkur hujjatga muvofiq, IT-visa olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi kengaytirildi.
Jumladan, axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislar, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining ta’sischilari (ishtirokchilari), ularning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini bajaruvchi jismoniy shaxslar yoki kollegial ijro etuvchi organ raisi hamda ularning o‘rinbosarlari IT-visa olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi bo‘lgan startap loyihalar ta’sischilari va mutaxassislari hamda oliy ta’lim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DsC) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan xorijlik professor-o‘qituvchilari ham ushbu viza turidan foydalanishi mumkin.
Yangi tartibga ko‘ra, IT-visa berish uchun qator talablar ham belgilandi. Xususan, xorijiy investor O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxsni kamida 30 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdorida moliyalashtirishi yoki ushbu yuridik shaxs ustav fondidagi ulushi shu miqdordan kam bo‘lmasligi kerak.
Bundan tashqari, Texnopark rezidentining ta’sischisi bo‘lgan jismoniy shaxsning mazkur yuridik shaxs ustav fondidagi ulushi ham kamida 30 ming AQSh dollarini tashkil etishi lozim.
Mavzuga oid
19:45 / 07.02.2024
Axborot texnologiyalari yo‘nalishida yutuqlarga erishgan xotin-qizlar taqdirlanadi
08:12 / 13.03.2021
IIV axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlardan himoyalanish usullarini ochiqladi
20:55 / 16.12.2020
«Bir million o‘zbek dasturchisi» loyihasi 1 yil ichida 21 ming nafar dasturchi tayyorladi - Abdulla Aripov
01:09 / 11.12.2020