Jahon | 22:53 / 12.03.2026
1331
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQSh neft narxining oshishidan foyda ko‘rishini aytdi

Biz dunyodagi eng yirik neft ishlab chiqaruvchisimiz, dedi Oq uy rahbari.

Foto: AP

AQSh neft narxining oshishidan foyda olishi mumkin, chunki u neftning dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

«Qo‘shma Shtatlar dunyodagi eng yirik neft ishlab chiqaruvchisi va bu shubhasiz, shuning uchun neft narxi oshganda, biz katta pul ishlab topamiz», deb yozdi u.

Trading Economics ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh xom neft qazib olish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Saudiya Arabistoni va Rossiya, keyingi o‘rinlarni Kanada, Xitoy va Iroq egallagan.

Yaqin Sharqdagi mojaroning kuchayishi mintaqadan neft yetkazib berishdagi uzilishlarga va yoqilg‘i narxining, jumladan, Yevropa va Osiyoda ham oshishiga olib keldi. Jahon dengiz neft eksportining qariyb beshdan bir qismi o‘tadigan Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kema qatnovi deyarli to‘xtab qolgan.

Shu fonda bir qator ishlab chiqaruvchilar qazib olishni qisqartirdi, ba’zi kompaniyalar esa fors-major e’lon qildi. Trampning mintaqadagi harbiy operatsiya tez orada yakunlanishi mumkinligi va AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi vaziyatni nazoratga olishi haqidagi bayonotlari ortidan neft narxi deyarli 120 dollargacha ko‘tarilib, keyinchalik bir barrel uchun 90 dollardan pastga tushdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid