O‘zbekiston | 08:50 / 13.03.2026
2082
1 daqiqa o‘qiladi

Barcha hududlarda hashar va ko‘chat ekish tadbirlari o‘tkaziladi

O‘zbekiston prezidentining «2026 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, bayram arafasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari tashkil etilmoqda.

13–14 mart kunlari respublika bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Ushbu tadbirlar doirasida barcha hududlardagi ko‘cha va maydonlar, mahalla, tuman va shaharlar chiqindilardan tozalanib, atrof-muhitni obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, daraxtlarni parvarish qilishga alohida e’tibor qaratiladi.

Bundan tashqari, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Men ham ko‘chat ekaman» aksiyasi o‘tkazilib, belgilangan hududlarda daraxt va buta ko‘chatlari ekiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid