Ta’lim | 12:58 / 13.03.2026
2496
1 daqiqa o‘qiladi

Maktabgacha ta’limda ishlovchi pedagoglar uchun dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi

2026-2027 o‘quv yilidan boshlab maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar uchun dual ta’lim shaklida bakalavrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasida so‘z boradi.

Loyihaga ko‘ra, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan pedagoglar to‘lov-shartnoma asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dual ta’lim shaklida ta’lim oluvchilar haftaning bir kuni pedagogika oliy ta’lim tashkilotida, besh kuni esa maktabgacha ta’lim muassasasida faoliyat olib boradi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dual ta’lim shaklida bakalavrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxati ham e’lon qilindi.

Mazkur yo‘nalishga hujjat topshiruvchi abituriyentlar har yili 5 iyundan 25 iyungacha bir bosqichda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida ular ta’lim yo‘nalishi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid