Karmana tumanidagi 9-umumta’lim maktabi öqituvçilari bilan kuzatilgan holat Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tomonidan örganilmoqda. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
“Maktab öquvçilari bilan uçraşgan tuman hokimi ta’lim sifati pastligi vajidan öqituvçilar iştirokida majburiy yiğiliş ötkazgan. Unda maktab bitiruvçilarining oliy ta’lim muassasalariga kiriş körsatkiçi pastligi tanqid qilingan.
Şu örinda ta’kidlaş lozimki, 2025 yilda Karmana tumanidagi 9-maktab bitiruvçilarining 61 foizi oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qilingan (tuman miqyosida 6-örin). Örtaça ball körsatkiçi 98,7 ballni taşkil etgan (2024 yilga nisbatan 8 ball oşgan)”, deyilgan vazirlik xabarida.
Şuningdek, ayni vaqtda 39 nafar maktab bitiruvçisining 38 nafari turli fan yönalişlari böyiça milliy va xalqaro sertifikatlarga egaligi ma’lum qilingan.
Vazirlik “Pedagogning maqomi töğrisida”gi qonunda pedagogning huquqlari, şa’ni, qadr-qimmati va işçanlik obrösi davlat himoyasi ostida bölişi alohida qayd etib qöyilganini eslatib ötgan.
“Pedagogning kasbiy faoliyatiga aralaşiş hamda pedagogning kasbiy faoliyati bilan boğliq bölmagan işlarga jalb qiliş qat’iy taqiqlanişi belgilangan.
Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi pedagoglarning mazkur qonuniy huquq va manfaatlarini munosib himoya qiliş, ularning kasbiy mavqeyi va işçanlik obrösini saqlaş böyiça barça zarur işlarni amalga oşirişini, şu bilan birga mansabdor şaxslarning pedagoglar kasbiy faoliyatiga aralaşişini qattiq qoralaşini ma’lum qilamiz”, deyilgan munosabatda.
Avvalroq Navoiy viloyati Karmana tumani hokimi Şohrux Boltayev tumandagi 9-maktab öqituvçilarini hokimlikka yiğib, qariyb 1 soat turğizib qöygani xabar qilingandi. Hokim Kun.uz’ga bu işni “tumanda ta’lim sifatini kötarişga harakat” deya izohladi.








