Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan va Surxondaryoda mansabdorlarning noqonuniy harakatlari to‘xtatildi
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan Namangan va Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
Jumladan, Namangan viloyati Kosonsoy tumani elektr tarmoqlari korxonasining ikki nafar muhandisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, tadbirkorning ishonchiga kirgan. Ular tadbirkorga tegishli MChJ binosiga o‘rnatilgan quvvati 50 kVt bo‘lgan quyosh paneli va boshqa bajarilgan ishlar uchun texnik shart hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 17 mln so‘m pul olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyatida “Uzuntumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimi fuqaroga tegishli gaz hisoblagich nosozligi sababli yuzaga kelgan 23 mln so‘m qarzdorlikni so‘ndirib berish va tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 5 mln so‘m pul mablag‘ini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida ushlandi.
Tergov jarayonida ushbu g‘ayriqonuniy harakatga uning 1988 yilda tug‘ilgan hamkasbi ham aloqador ekani aniqlandi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fuqarolardan bu kabi salbiy holatlarga duch kelgan taqdirda Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga murojaat qilishlari so‘raldi. Murojaat qiluvchilarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Mavzuga oid
18:28 / 20.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin yaratgan o‘rmonzor "Dendrologiya bog‘i"ga aylantiriladi
11:46 / 20.06.2026
Namanganda qalbaki dollar sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
15:13 / 15.06.2026