Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuba AQSh bilan muzokaralar olib borayotganini rasman tan oldi
Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel Donald Tramp ma’muriyati bilan muzokaralar boshlanganini ma’lum qildi. Shu bilan bir vaqtda Kuba hokimiyati 51 nafar mahkum ozod etilishini ham e’lon qildi.
Foto: Cuba TV/AFP
Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel 13 mart, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ilk bor AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati bilan muzokaralar bo‘layotganini rasman tasdiqladi. Kubaning Cubadebate nashri keltirishicha, u shunday degan: “Bu muzokaralar ikki mamlakatimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama kelishmovchiliklarga muloqot orqali yechim topishga qaratilgan edi”.
Dias-Kanel aniqlik kiritishicha, bu aloqalarning maqsadi — “har ikki tomonning ikki mamlakat xalqi manfaati yo‘lida aniq qadamlar tashlashga tayyorligini baholash”, shuningdek, “tahdidlarga qarshi turish hamda ikki mamlakatda xavfsizlik va tinchlikni ta’minlash uchun ehtimoliy hamkorlik sohalarini belgilash”dan iborat.
Kuba yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, muzokaralar masalasi “yechim topish va o‘zaro tushunish uchun makon yaratish maqsadida ulkan sa’y-harakatlarni talab qiladi, bu esa olg‘a siljish va qarama-qarshilikdan qochish imkonini beradi”.
Bu — Havana og‘ir energetik inqiroz sharoitida mazkur aloqalarni ilk bor rasman tan olishi bo‘ldi.
Prezident chiqishidan bir necha soat oldin Kuba Tashqi ishlar vazirligi Vatikan vositachiligida hokimiyat 51 nafar mahkumni ozod qilishini ma’lum qildi. Ularning oddiy jinoyatchilar yoki siyosiy mahkumlar ekaniga aniqlik kiritilmadi.
Kubadagi iqtisodiy va energetik inqiroz AQSh tomonidan neft yetkazib berishga qo‘yilgan blokada tufayli yanada keskinlashdi. Kubaning eng muhim neft yetkazib beruvchisi va eng yaqin ittifoqchisi bo‘lgan Venesuelaga qarshi AQSh hujumi va uning rahbari Nikolas Maduro qo‘lga olinganidan keyin Karakas kubaliklarga neft yetkazib berishni to‘xtatdi.
Yanvar oyi oxirida Donald Tramp Kubani “AQSh milliy xavfsizligi uchun alohida tahdid” deb atadi va Havanaga neft yoki neft mahsulotlari yetkazib berishda davom etadigan barcha davlatlarga jarima bojlari joriy etish bilan tahdid qildi.
Kuba prezidenti fevral oyi boshida bu choralarni “jinoiy va genotsid sodir etishga qaratilgan” deb qoralagan edi. Biroq keyinroq Havana Vashington bilan “hech qanday dastlabki shartlarsiz” muzokara olib borishga tayyor ekanini bildirdi.
Mavzuga oid
14:19
YeI diplomatiyasi rahbari Kallas: Tramp Yevropani parchalashga intilmoqda
13:37
Zelenskiy: AQSh sanksiyalarni yumshatishi Rossiya pozitsiyasini faqat mustahkamlaydi
13:27
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
12:25