Sport | 21:17 / 15.03.2026
2158
1 daqiqa o‘qiladi

“Neftchi” O‘zbekiston Superkubogi sohibi bo‘ldi

Uchrashuvning 17-daqiqasida Ferreyra tomonidan kiritilgan yagona gol “Neftchi”ga g‘alaba keltirdi.

Foto: PFL

Andijon shahridagi "Bobur Arena" o‘yingohida O‘zbekiston Superkubogi bo‘lib o‘tdi.

Unda o‘tgan mavsum Superliga chempioni - Farg‘onaning "Neftchi" va kubok sohibi - Toshkentning "Paxtakor" klublari kuch sinashdi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida Ferreyra tomonidan kiritilgan yagona gol “Neftchi”ga g‘alaba keltirdi.

O‘zbekiston Superkubogida eng ko‘p sovrinni Qarshining "Nasaf” klubi qo‘lga kiritgan. "Nasaf" Superkubokda 6 marta ishtirok etgan va 4 marta g‘alaba qozongan.  

Toshkentning "Paxtakor" klubi Superkubok finallarida 7 marta ishtirok etgan va 2 marta g‘olib bo‘lgan.

"Lokomotiv" — 3 ta ishtirok, 2 ta g‘alaba

"Bunyodkor" — 1 ta ishtirok, 1 ta g‘alaba

"Navbahor" — 1 ta ishtirok, 1 ta g‘alaba.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid