Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy olimlari o‘ta yuqori aniqlikdagi soatni yaratdi
Asbob shunchalik aniqki, unda bir soniyalik xatolik atigi 30 milliard yil ichida yuzaga kelishi mumkin.
Foto: Getty images
Xitoy ilmiy-texnika universiteti olimlari stronsiy atomlarida optik soat ishlab chiqdi. Asbob shunchalik aniqki, unda bir soniyalik xatolik atigi 30 milliard yil ichida yuzaga kelishi mumkin, bu esa Koinotning yoshidan ham katta. Ekspertlarning aytishicha, asbobning paydo bo‘lishi sekund o‘lchamini qayta ko‘rib chiqishga olib kelishi mumkin.
Science Alert nashrining ta’kidlashicha, dastlab soniya sutkaning 1/86400 ulushi deb belgilangan va bu ta’rif allaqachon yetarlicha aniq emas deb topilgan.
1967 yildan boshlab, Xalqaro birliklar tizimiga ko‘ra, sekund - bu seziy-133 atomining asosiy holatining ikkita o‘ta nozik darajalari o‘rtasidagi o‘tishga to‘g‘ri keladigan 9192631770 nurlanish davriga teng vaqt birligidir. Ammo stronsiy atomlari soniyasiga taxminan 700 milliard nurlanish davrini berib, yanada yuqori aniqlikdagi o‘zgarishlarni taklif qiladi.
Bu zamonaviy texnologik ishlanmalar, shu jumladan sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasi, telekommunikatsiya va aniq o‘lchovlar bilan talab qilinadi va fizikaning fundamental nazariyalarini tekshirish, tortishish to‘lqinlarini hisoblash, qora materiyani qidirish va boshqalar uchun zarurdir.
Mavzuga oid
21:42 / 14.03.2026
Xitoyda politsiya keksa ayolni cho‘chitib yuborgan robotni “qo‘lga oldi”
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
23:15 / 13.03.2026
Xitoy miya implantini tijoriy maqsadlarda ishlatishni ma’qullagan birinchi davlat bo‘ldi
10:03 / 13.03.2026