Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
30 martdan boshlab Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi
Toshkent shahrida 30 martdan 13 maygacha rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari sabab ichimlik suvi bosimi pasayadi yoki ayrim hududlarda ta’minot vaqtincha to‘xtatiladi.
«Toshkent shahar suv ta’minoti» matbuot xizmati ma’lum qilishicha, 2026 yil bahor mavsumiga tayyorgarlik doirasida poytaxtdagi yirik suv o‘tkazgich tarmoqlarida katta hajmli rejali profilaktika va ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan, shaharning barcha tumanlarida turli sanalarda ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar yoki suv bosimining pasayishi kuzatilishi mumkin.
Jadvalga ko‘ra, ilk uzilishlar 30 mart kuni Uchtepa va Shayxontohur tumanlarining ayrim mahallalarida boshlanadi. Keyingi bosqichlarda Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek, Sergeli, Yakkasaroy, Chilonzor, Olmazor, Yunusobod, Bektemir, Mirobod va Yangihayot tumanlarida ham rejali cheklovlar amal qiladi.
Ma’lum qilinishicha, suv ta’minoti vaqtincha to‘xtaydigan hududlarga maxsus suv tashuvchi avtomashinalar yo‘naltiriladi.
Fuqarolar qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Markaziy dispetcherlik xizmatiga 1054 qisqa raqami, shuningdek, tumanlararo aloqa telefonlari orqali murojaat qilishi mumkin.
Mavzuga oid
07:25 / 08.05.2026
Ko‘chmas mulk xaridorlarini avvalgi egasining qarzidan himoya qilish taklif etildi
23:06 / 24.04.2026
Saida Mirziyoyeva Toyloqda aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rgandi
11:12 / 21.04.2026
Gaz uchun qancha to‘laysiz va to‘lov qanday hisoblanadi?
22:47 / 14.01.2026