Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 392 nafar shaxs afv etildi
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan 392 nafar shaxs afv etildi.
Mazkur qaror Navro‘z umumxalq bayrami va Ramazon hayiti arafasida xalqimizga xos ezgulik, bag‘rikenglik va kechirimlilik tamoyillarini namoyon etish hamda insonparvarlik siyosatining amaliy ifodasi sifatida qabul qilingan.
Farmonga muvofiq, afv etilganlarning 223 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 82 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi, 34 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi.
Shuningdek, 53 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlar orasida 3 nafar chet el fuqarosi, 26 nafar ayol, 14 nafar 60 yoshdan oshgan erkaklar, 166 nafar yoshlar hamda 24 nafar taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan shaxslar bor.
Farmon ijrosi doirasida afv etilganlarni oilasi bag‘riga qaytarish, ularning jamiyatga moslashishi, mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi va sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yishi uchun mas’ul idoralarga tegishli topshiriqlar berilgan.
Mavzuga oid
22:29 / 18.03.2026
Saudiya va BAAda ham Ramazon hayiti 20 martga to‘g‘ri kelmoqda
17:55 / 18.03.2026
Rasman: Ramazon hayiti 20 mart kuni nishonlanadi
09:20 / 18.03.2026
Mart oyidagi bayramlar: necha kunlik dam olish kutilyapti?
19:23 / 28.02.2026