Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Bangkokda avtobus ishtirokidagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Yana uch nafar o‘zbekistonlik jarohat olgan va tibbiy yordamdan so‘ng uyiga javob berilgan. TIV holatni nazoratga olgan, marhumning jasadini vatanga olib kelish choralari ko‘rilmoqda.
Foto: “Dunyo” AA
Ma’lum qilinishicha, hodisa natijasida o‘zbekistonlik og‘ir tan jarohatlari olgan va voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
Shuningdek, mazkur avtohalokatda yana uch nafar o‘zbekistonlik turli darajada tan jarohati olgan bo‘lib, ularga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilgan va shifoxonadan javob berilgan.
Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti ma’lumotiga ko‘ra, vaziyat alohida nazoratga olingan.
O‘zbekistonning Tailanddagi diplomatik vakolatxonasi xodimlari tomonidan fuqarolarga zarur yordam ko‘rsatilmoqda.
Qayd etilishicha, marhumning yaqinlari bilan aloqa o‘rnatilgan bo‘lib, hozirda jasadni vatanga olib kelish choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
22:00 / 15.03.2026
Olmazor tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi
20:56 / 14.03.2026
Hindistonda o‘zbekistonlik ayol YTH oqibatida halok bo‘ldi
08:42 / 13.03.2026
Nyu-Yorkdagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
22:21 / 12.03.2026