Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Imom Buxoriy masjid-majmuasida ilk hayit namozi o‘qildi
Samarqand viloyati Payariq tumanida, qayta qurilgan Imom Buxoriy majmuasidagi 10 ming kishilik yangi masjidda ilk hayit namozi o‘qildi.
Unda muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar boshchiligida O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan ulamolar, bosh imom-xatiblar, nuroniylar va bir necha ming kishilik jamoat ishtirok etdi.
5 yil davomida qayta qurilgan masjid-majmua kecha, 19 mart kuni hayit arafasida keng jamoatchilik uchun ochildi.
“Duolar ijobat bo‘ladigan saodatli lahzalarda muftiy hazratlari boshchiligidagi jamoat Haq taolodan butun olamga tinchlik-omonlik, yurtimizga qut-baraka va xalqimiz farovonligini so‘rab duo-yu iltijo qildilar”, – deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabarida.
Idora matbuot xizmati fotoreportaj taqdim etdi.













Mavzuga oid
08:53 / 18.05.2026
Imom Buxoriy majmuasi bir oyda 1 mlndan ortiq mehmon qabul qildi
18:09 / 03.05.2026
Prezident Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
13:24 / 26.03.2026
Yangilangan Imom Buxoriy majmuasidan reportaj
10:15 / 24.03.2026