Unda muftiy Şayx Nuriddin Xoliqnazar boşçiligida Özbekistonning turli hududlaridan kelgan ulamolar, boş imom-xatiblar, nuroniylar va bir neça ming kişilik jamoat iştirok etdi.

5 yil davomida qayta qurilgan masjid-majmua keça, 19 mart kuni hayit arafasida keng jamoatçilik uçun oçildi.

“Duolar ijobat böladigan saodatli lahzalarda muftiy hazratlari boşçiligidagi jamoat Haq taolodan butun olamga tinçlik-omonlik, yurtimizga qut-baraka va xalqimiz farovonligini sörab duo-yu iltijo qildilar”, – deyiladi Özbekiston musulmonlari idorasi xabarida.

Idora matbuot xizmati fotoreportaj taqdim etdi.