Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Infografika: dunyoning yirik shaharlarida taksi narxi
Taksi - eng qulay transport turlaridan biri bo‘lib, u sutkaning istalgan vaqtida mavjud va jamoat transporti jadvali haqida o‘ylamaslik imkonini beradi. Biroq infografikadan ko‘rinib turibdiki, dunyoning turli shaharlarida taksi narxi keskin farq qiladi.
Foto: Getty images
Infografika mualliflari asos sifatida yo‘lovchini olish to‘lovini ham qo‘shgan holda besh kilometrlik safar qiymatini olgan. Ular Deutsche Thematic Research/Numbeo ma’lumotlaridan foydalangan.
Eng qimmat taksi Shveytsariyada aniqlangan. Bu mamlakat shaharlari reytingning dastlabki uch o‘rnini egallagan. Peshqadam Tsyurix bo‘lib, u yerda qisqa safar o‘rtacha 23,5 AQSh dollariga tushadi. Shuningdek, Oslo (Norvegiya), Kopenhagen (Daniya) va Stokholm (Shvetsiya) shaharlarida ham taksi narxlari yuqori ekani qayd etilgan. U yerlarda qisqa safar qiymati mos ravishda 19,8 dollar, 17,1 dollar va 15 dollarni tashkil etgan.
Eng arzon taksi esa Karachida (Pokiston) qayd etilgan. U yerda qisqa safar 0,5 AQSh dollariga tushadi. Shuningdek, Qohira (Misr) va Xoshiminda (Vetnam) ham narxlar past bo‘lib, ular mos ravishda 0,8 dollar va 1,1 dollarni tashkil etgan.
Tadqiqotchilar bahosiga ko‘ra, Moskvada qisqa safar o‘rtacha 4,7 dollarga tushadi. Rossiya poytaxti bu ko‘rsatkich bo‘yicha Santyago (Chili) va Istanbul (Turkiya) oralig‘idan joy olgan.
Infografika tuzilishida Uber kabi zamonaviy agregatorlar emas, balki hisoblagich bilan ishlaydigan an’anaviy taksi turlari inobatga olingan.

Mavzuga oid
16:46 / 17.02.2026
Elektromobil egalari mashinasini quvvatlashda subsidiya oladi
10:51 / 22.01.2026
Eng og‘ir yuk mashinalari va yuridik shaxslarga tegishli taksilar uchun yangi avtoraqamlar joriy etiladi
10:51 / 21.01.2026
Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona belgilar va “taksi pasporti” joriy etilishi mumkin
18:12 / 01.01.2026