Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 2026 yilda 167 mlrd dollarlik YaIMga erishishni rejalashtirmoqda
2026 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotini 6,6 foizga oshirish va yalpi ichki mahsulot hajmini 167 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Foto: Getty images
Prezident huzurida o‘tgan yig‘ilishlarda 2026 yil uchun mamlakatning asosiy iqtisodiy ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Davlat siyosatida asosiy e’tibor aniq iqtisodiy natijalarga erishish, investitsiyalarni keng jalb qilish va tarmoqlar samaradorligini oshirishga qaratiladi.
Ma’lum qilinishicha, 2025 yilda yalpi ichki mahsulot 7,7 foizga o‘sib, 147 mlrd dollardan oshgan. Iqtisodiy o‘sishning asosiy qismi xizmatlar sohasi hisobiga ta’minlangan.
Joriy yilda 50 mlrd dollar xorijiy investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning samaradorligi va eksportga yo‘naltirilganligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi.
Sanoatni kamida 8,5 foizga oshirish, avtomobil ishlab chiqarish hajmini 510 mingtaga yetkazish va mahalliy kooperatsiyani kengaytirish vazifalari qo‘yildi.
Qurilish sohasida hajmni 400 trln so‘mga yetkazish va kamida 17 foizlik o‘sishni ta’minlash rejalashtirilgan. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish uchun budjetdan 40 trln so‘m mablag‘ ajratiladi.
Shuningdek, 2026 yilda kichik va o‘rta biznesda energiya samaradorligini oshirish, gaz va elektr energiyasi sarfini qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
Eksportni diversifikatsiya qilish, yangi bozorlar va mahsulotlar hisobiga uni oshirish, shuningdek ichki bozorda narx-navo barqarorligini ta’minlash ham ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.
Barcha islohotlar “hujjatdan natijaga” tamoyili asosida amalga oshiriladi va ularning ijrosi qat’iy nazorat ostida bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:40 / 05.03.2026
Xitoy 1991 yildan beri eng past YaIM o‘sishi maqsadini belgiladi
12:08 / 26.02.2026
Yangi strategiya: O‘zbekistonning 5 yillik maqsadlari
14:27 / 28.01.2026
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025 yilda 1,85 kvadrillion so‘mga yaqinlashdi
07:23 / 28.01.2026