Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kremlga yaqin iqtisodchilar Rossiyada yil oxirigacha retsessiya bo‘lishini kutmoqda
Rossiya prezidenti ma’muriyatiga yaqin bo‘lgan MTQPM tahlilchilari hisobotidan kelib chiqishicha, 2026 yil oxirigacha mamlakat iqtisodiyoti uzoq davom etadigan retsessiyaga kirib qolishi mumkin. Mutaxassislar, shuningdek, o‘sish manbalari davlat buyurtmasi va harbiy-sanoat majmuasi ekanini ko‘rsatmoqda.
Kremlga yaqin iqtisodchilarning fikricha, joriy yil oxirigacha Rossiya iqtisodiyoti retsessiyaga tushib qolishi mumkin. Bu haqda 20 mart, juma kuni “Izvestiya” gazetasi Rossiya prezidenti ma’muriyatiga yaqin bo‘lgan Makroiqtisodiy tahlil va qisqa muddatli prognozlash markazi (MTQPM) hisobotiga tayanib yozdi.
MTQPM iqtisodiyotning retsessiyaga kirayotganini ko‘rsatuvchi yig‘ma yetaklovchi indikatorni (YYeI) ishlab chiqqan. Markaz bahosiga ko‘ra, o‘tgan yil dekabrida uning qiymati 0,49 ga yetgan va shu bilan kritik chegara — 0,18 dan qariyb uch baravar oshib ketgan. “Izvestiya” yozishicha, hujjatdan yana shu narsa kelib chiqadiki, Rossiyadagi retsessiya uzoq davom etadigan tus olishi va bir yildan ortiqqa cho‘zilishi mumkin.
Nashr suhbatlashgan mutaxassislar fikricha, Rossiya iqtisodiyoti o‘sishini yuqori asosiy stavka, yanada ehtiyotkor budjet siyosati, kadrlar tanqisligi, shuningdek investitsiyalardagi tanaffus sekinlashtirmoqda. Moliyachi Aleksey Rodin “Izvestiya”ga tushuntirishicha, neft narxlari keskin tushib ketsa yoki Ukrainadagi urush sabab Rossiyaga qarshi yangi keng ko‘lamli sanksiyalar joriy etilsa, retsessiya ehtimoli yanada ortadi.
Moliya bozorlari bo‘yicha yana bir mutaxassis — “AMarkets”dan Igor Rastorguyev AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi sabab neft narxlari o‘sib turgan sharoitda ham retsessiya ehtimoliy ssenariy bo‘lib qolishini qayd etdi. Xususan, inflatsiyaning yangi to‘lqini Rossiya Markaziy bankini asosiy stavkani pasaytirishni to‘xtatib turishga majbur qilishi mumkin, holbuki aynan shu pasaytirish salbiy ssenariyning oldini olishi mumkin.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, hozirgi paytda Rossiya iqtisodiyoti faqat davlat buyurtmalari va harbiy-sanoat majmuasi kompaniyalari hisobigagina o‘sishi mumkin.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026
Sofiya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarga qarshi chiqdi
08:22 / 19.06.2026