Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaotada 48 nafar mehnat muhojirining pasporti qaytarib olib berildi
Olmaota shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida ish beruvchilar tomonidan olib qo‘yilgan 48 nafar mehnat muhojirining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari qaytarib berildi.
“Dunyo” AA ma’lumotiga ko‘ra, konsullik diplomatlari xorijdagi vatandoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlar doirasida mazkur choralarni amalga oshirdi. Bu orqali fuqarolarning huquqlari tiklanib, ularning xavfsizligi ta’minlandi.
Shuningdek, joriy yil mart oyi boshidan buyon Olmaotada qiyin ahvolda qolgan 382 nafar o‘zbekistonlikka konsullik-huquqiy, moddiy va amaliy yordam ko‘rsatildi.
Jumladan, vaqtinchalik yashash joyi bo‘lmagan 27 nafar fuqaro xostellarga joylashtirildi, moliyaviy qiyin ahvolda qolgan 12 nafar yurtdoshga vatanga qaytish uchun aviachiptalar taqdim etildi.
Bundan tashqari, tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan 3 nafar fuqaro shifoxonalarga joylashtirilib, ularning barcha xarajatlari davlat hisobidan qoplab berildi.
Konsullik vakillari shuningdek vaqtinchalik saqlash muassasalarida bo‘lib turgan 312 nafar fuqaro bilan videomuloqot o‘tkazib, ularning muammolarini o‘rgandi va vatanga qaytarish bo‘yicha zarur hujjatlarni rasmiylashtirdi.
Mehnat muhojirlari uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 4 ta xususiy xostel bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, shahardagi qurilish obektlarida ishlayotgan yurtdoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularga qonunchilik va xavfsizlik masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda.
Bunday amaliy yordamlar xorijdagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mavzuga oid
20:33 / 02.05.2026
Olmaotada Qozog‘istondagi ilk krematoriy ishga tushdi
18:06 / 03.02.2026
2029 yilgi qishki Osiyo o‘yinlari Qozog‘istonda o‘tkaziladi
16:44 / 15.01.2026
Xalqaro Jautikov olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 14 ta medal qo‘lga kiritdi
15:18 / 01.12.2025