Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston xorijdagi kimoshdi savdolaridan mingga yaqin qo‘lyozmani qaytardi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilgan ilmiy izlanishlar va amaliy ishlar natijasida xorijdagi kimoshdi savdolaridan mingga yaqin qo‘lyozma sotib olinib, yurtga qaytarildi.
Foto: Dunyo
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov “Dunyo” AA bilan suhbatda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati doirasida erishilgan muhim natijalar haqida so‘z yuritdi.
Uning ta’kidlashicha, markazda qisqa vaqt ichida qator ilmiy ishlanmalar va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Xususan, Abu Rayhon Beruniy tomonidan batafsil tasvirlangan globus o‘zbek tadqiqotchilari tomonidan qayta yaratildi.
Shu bilan birga, xorijdagi kimoshdi savdolaridan mingga yaqin qo‘lyozma sotib olinib, O‘zbekistonga qaytarildi. Bu esa xalqning boy tarixiy, ilmiy va madaniy merosini tiklash hamda uni kelajak avlodga yetkazish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.
Bahrom Abduhalimovga ko‘ra, Islom sivilizatsiyasi markazining asosiy vazifasi xalq, ayniqsa, yosh avlodga o‘z tarixi, madaniy merosi va buyuk ajdodlari bilan faxrlanish tuyg‘usini singdirishdan iborat.
Shuningdek, markaz islom dinining asl mohiyati — ma’rifat, tinchlik, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va hamkorlik g‘oyalarini keng namoyon etishga xizmat qiladigan muhim ilmiy-ma’rifiy maskan sifatida e’tirof etilmoqda.
Mavzuga oid
11:27 / 15.09.2025
Axsikentda noyob qo‘lyozma va Abbosiylar zarb etgan tangalar topildi
14:55 / 28.03.2025
100 mln dollarlik qadimiy tangalar kolleksiyasi auksionga qo‘yiladi
10:05 / 20.03.2025
Buyuk Britaniyada ideal darajada dumaloq tuxum auksionda sotildi
13:43 / 17.01.2025