Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2026 yilda O‘zbekistondagi 50dan ortiq kanal va sug‘orish tarmoqlari ta’mirlanadi
Hukumat qaroriga muvofiq, kanallarni betonlashtirish va rekonstruksiya qilish uchun 480 mlrd so‘m, suv tanqisligining oldini olish bilan bog‘liq chora-tadbirlar uchun 120 mlrd so‘m ajratiladi.
Vazirlar Mahkamasining «Irrigatsiya tizimlarida suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda suv tanqisligining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi.
Qarorga muvofiq, kanallarni betonlashtirish va rekonstruksiya qilish uchun 480 mlrd so‘m, suv tanqisligining oldini olish bilan bog‘liq chora-tadbirlar uchun 120 mlrd so‘m ajratiladi.
Hujjatga ilova qilingan ro‘yxatga ko‘ra, 2026 yilda respublika bo‘yicha 50dan ortiq kanal va sug‘orish tarmoqlari rekonstruksiya qilinadi va betonlashtiriladi.
Bundan tashqari, suv bilan barqaror ta’minlanmagan hududlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari orqali sug‘orish uchun suv havzalari quriladi.
Shuningdek, kelgusida suvdan foydalanish limitlari joriy etiladi.
Mavzuga oid
20:42 / 06.03.2026
Suv yo‘qotilishi yuqori kanallar rekonstruksiya qilinadi va betonlashtiriladi
08:33 / 04.11.2025
Sug‘orish uchun elektr xarajatining yarmi qoplab beriladi
09:33 / 25.10.2025
Irrigatsiya tizimida qurilish ishlari sug‘orish mavsumidan tashqari amalga oshiriladi
17:25 / 11.10.2025