Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sug‘orish uchun elektr xarajatining yarmi qoplab beriladi
2026 yil 1 yanvardan ozuqabop va moyli ekinlarni yetishtiruvchi sub’yektlarga sug‘orishda qo‘llanadigan o‘z balansidagi nasos agregatlari sarflaydigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizi davlat budjetidan qoplab beriladi. Bu chora oziq-ovqat ta’minotini barqarorlashtirishga qaratilgan PQ–322-son prezident qarori doirasida amalga oshiriladi.
“Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori (PQ–322, 31.10.2025)ga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan sug‘orish ishlarida nasos agregatlaridan foydalanuvchi (balansida ushbu uskunalar mavjud) ozuqabop va moyli ekinlar yetishtiruvchi sub’yektlar elektr energiyasi xarajatlarining yarmini kompensatsiya qiladilar. Kompensatsiya davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Qaror bilan, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sub’yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha mexanizmlari joriy etilgan:
- tijorat banklari tomonidan hosil qiymatining 50 foizigacha, 12 oy muddatga, yillik 12 foiz stavkada imtiyozli kreditlar ajratiladi;
2025 yil 1 noyabrdan 2030 yil 31 dekabrga qadar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ orqali kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish mexanizmi qo‘llanadi:
- milliy valutadagi kreditlar bo‘yicha — Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foiz banddan yuqori, biroq 10 foiz bandgacha bo‘lgan qismi (asosiy stavka 2 barobaridan oshmagan holda);
- xorijiy valutadagi kreditlar bo‘yicha — 8 foizdan yuqori, biroq 4 foiz bandgacha bo‘lgan qismi.
Ushbu chora-tadbirlar fermerlar va korxonalarning sug‘orish hamda yetishtirish xarajatlarini qisqartirish, ayni paytda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
20:28 / 14.05.2026
Intensiv bog‘dorchilikka o‘tish: prezident eski bog‘larni yangilashni buyurdi
20:32 / 12.05.2026