Sog‘lom hayot | 23:34 / 22.03.2026
1084
2 daqiqa o‘qiladi

Xotirani yaxshilaydigan eng foydali mahsulotlar ma’lum qilindi

Nevrologning so‘zlariga ko‘ra, xotira susayishining eng ko‘p uchraydigan sabablaridan biri temir moddasi yetishmasligidir. Shuning uchun ratsionga ushbu mikroelementga boy mahsulotlarni kiritish zarur.

Xotirani yaxshilashda temir, yog‘ kislotalari, antioksidantlar, V guruhi vitaminlari, xolin, folatlar, magniy va ruxga boy mahsulotlar foydali hisoblanadi. Bu haqda nevrolog Kirill Almazov aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xotira pasayishining eng ko‘p uchraydigan sabablaridan biri temir moddasi yetishmasligidir. Shuning uchun ratsionga ushbu mikroelementga boy mahsulotlarni kiritish zarur.

Oson o‘zlashadigan temir moddasi qizil go‘sht, mol jigarida mavjud. Qiyin o‘zlashadigan temir esa yong‘oqlar, dukkaklilar, ismaloq va grechkada uchraydi.

Nerv impulslarini uzatishda ishtirok etuvchi yog‘ kislotalariga boy mahsulotlar qatoriga losos, skumbriya, zig‘ir va zaytun yog‘i, shuningdek, yong‘oqlar kiradi.

V guruhi vitaminlari, xolin, folatlar, magniy va ruxni tuxum, yashil sabzavotlar, dukkaklilar, don mahsulotlari hamda qovoq urug‘laridan olish mumkin.

Antioksidantlar esa rezavorlar, kakao va ko‘k choy tarkibida ko‘p miqdorda mavjud.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid