O‘zbekiston | 11:26
2104
1 daqiqa o‘qiladi

Urgutda kuchli yomg‘ir oqibatida sel hodisasi kuzatildi

Samarqand viloyatining Urgut tumanida 22 mart kunidan 23 mart kuniga o‘tar kechasi yog‘gan kuchli yomg‘ir oqibatida sel hodisasi yuzaga keldi. Tabiiy holat natijasida tuman hududida joylashgan ayrim mahallalarda sel suvlari oqimi kuzatilgan.

Jumladan, Urgut tumanidagi «Iftixor» va «Bunyodkor» mahalla fuqarolar yig‘inlarining bir nechta ko‘chalarida sel suvlari oqib o‘tgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sel oqimi mazkur hududlardagi ko‘chalar orqali xavfsiz tarzda o‘tgan bo‘lib, aholi xonadonlari va boshqa infratuzilma obektlariga shikast yetmagan.

Shuningdek, hodisa oqibatida fuqarolar orasida tan-jarohati olganlar yoki boshqa jabrlanganlar qayd etilmagan. Ayni paytda vaziyat tegishli xizmatlar tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

Mutasaddi tashkilotlar tomonidan hududda vaziyatni o‘rganish, sel oqimi yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish hamda ehtimoliy xavflarning oldini olishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid