O‘zbekiston | 19:05
1058
3 daqiqa o‘qiladi

25 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilishlar aniqlandi

Eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarini o‘rganish natijasida avdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.

Raqobat qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan davlat xaridlari sohasida amalga oshirilgan monitoring va kelib tushgan murojaatlarni o‘rganishlar natijasida 80dan ortiq qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Xususan:

Andijon viloyati

Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasining 2 ta 3,9 mlrd so‘mdan ortiq;

Navoiy viloyati

Navbahor tumani obodonlashtirish boshqarmasining 18 ta 4 mlrd so‘mdan ortiq;

Konimex tumani obodonlashtirish boshqarmasining 22 ta 5 mlrd so‘mga yaqin;

Navoiy shahar obodonlashtirish boshqarmasining 9 ta 480 mln so‘mga yaqin;

Nurota tuman obodonlashtirish boshqarmasining 12 ta 2,3 mlrd so‘mga yaqin;

Navoiy viloyati yoshlar ishlari boshqarmasining 3 ta 550 mln so‘mlik;

Qashqadaryo viloyati

Mirishkor tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi 8 ta 1,1 mlrd so‘mlik;

Buxoro viloyati

Peshku tuman tibbiyot birlashmasining 7 ta 1,5 mlrd so‘mdan ortiq;

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasining 2 ta 1,7 mlrd so‘mdan ortiq;

Toshkent viloyati

“Hududgaz Komplektatsiya” UKining 1 ta 3 mlrd so‘mdan ortiq;

Toshkent shahar

“Ko‘prikqurilish” AJning 1 ta 1,3 mlrd so‘mlik

eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarini o‘rganish natijasida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi, ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.

“Yuqoridagilarga muvofiq, Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilish alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ishlar qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi. Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi”, deyiladi qo‘mita xabarida.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid