Jahon | 07:22
2885
2 daqiqa o‘qiladi

G7 neft zaxiralari: qaysi davlatda qancha?

“Katta yettilik” (G7) - bu norasmiy birlashma bo‘lib, unga Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSh, Fransiya va Yaponiya kiradi. Yangi infografikada favqulodda holatlar uchun ushbu davlatlarning neft zaxiralari ko‘rsatilgan.

G7 davlatlarining jami strategik neft zaxiralari 1 019,4 million barrelni tashkil etadi

Eng katta zaxira AQShga tegishli — 415,4 million barrel. Ikkinchi o‘rinni Yaponiya egallagan — 260 million barrel. Shu bilan birga, Yaponiya deyarli neft qazib olmaydi va ehtiyojining taxminan 99 foizini import qiladi. Umuman olganda, AQSh va Yaponiya hissasiga G7 umumiy zaxiralarining yarmidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi.

Fransiya va Germaniya mos ravishda uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egallab, 120 million va 110 million barrel zaxiraga ega.

Italiya uchun infografikada 76 million barrel ko‘rsatilgan — bu qonun bilan belgilangan miqdor. Aniq amaldagi zaxiralar bo‘yicha rasmiy ma’lumot ochiqlanmagan.

Buyuk Britaniya Shimoliy dengizda kuniga taxminan 1 million barrel neft qazib oladi, ammo uning strategik zaxiralari atigi 38 million barrelni tashkil etadi.

Kanada kuniga taxminan 5 million barrel neft ishlab chiqaradi va dunyodagi yirik eksportchilardan biri hisoblanadi. Biroq favqulodda holatlar uchun mamlakatda strategik zaxiralar mavjud emas.

Agar kunlik iste’molga nisbatan baholansa: AQSh zaxiralari — 21 kunga, Germaniya — 46 kunga, Yaponiya — 74 kunga, Fransiya — 75 kunga yetadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid