Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aprelning ilk kunlari issiq va yog‘inlarga boy bo‘ladi
Aprel boshi seryog‘in bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Havo harorati yuqori bo‘lishi fonida yog‘inlar chaqmoq-momaqaldiroqli va kuchli bo‘lishi kutilmoqda. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov haftadagi ob-havo kutilmalari bilan Kun.uz'ning jonli efirida tanishtiradi.
O‘tgan haftada bo‘lgani kabi yangi hafta kunlari ko‘plab viloyatlarda havo harorati +30 daraja va undan yuqoriga chiqishi kutilmoqda. Hafta oxirlariga borib mintaqaga navbatdagi nam havo oqimlari kirib keladi, bu esa yog‘inlarga sabab bo‘ladi.
Mintaqaga kirib keluvchi sovuq havo oqimlari hamda nam havo oqimlarini shakllantiruvchi bir qancha alomatlarga ko‘ra, joriy aprelda respublikaning katta qismida issiqroq ob-havo bo‘lishi, ayrim hududlarda harorat va yog‘ingarchilik ko‘p yillik me’yorga yaqin bo‘lishi, shimol, vodiy va Toshkent viloyati hududlarida me’yordan biroz kam yog‘in tushishi aniq bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
10:05 / 17.06.2026
O‘zbekiston Bonnda iqlim majburiyatlarini bajarish bo‘yicha yutuqlarini taqdim etdi
11:44 / 18.05.2026
🔴 LIVE: Kuchli shamol, do‘l va yashin – hafta havosi qanday keladi?
12:28 / 13.05.2026
Vodiyda jala, vohada kuchli shamollar
14:43 / 04.05.2026