Jamiyat | 21:00 / 03.04.2026
1176
9 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkent davlat tibbiyot universiteti: xorijiy talabalar uchun nufuzli tanlov

Bugungi globallashuv sharoitida xalqaro talabalarga qulay va sifatli ta’lim muhitini yaratish har bir oliy ta’lim muassasasining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu jihatdan Toshkent davlat tibbiyot universiteti nafaqat mamlakatimizda, balki mintaqada ham xorijiy talabalar uchun jozibador va ishonchli ta’lim maskani sifatida ajralib turadi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti — O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi yirik va yetakchi tibbiy oliy ta’lim muassasalaridan biri. Milliy tibbiyot maktabining boy an’analari asosida tashkil etilgan universitet bugungi kunda yuqori malakali shifokorlar tayyorlashning zamonaviy markaziga aylangan. U klassik ta’limni innovatsion texnologiyalar bilan muvaffaqiyatli birlashtirib, butun dunyodan xorijiy fuqarolar uchun juda jozibador bo‘lmoqda.

Universitet bugungi kunda keng qamrovli ta’lim tizimiga ega bo‘lib, unda 13 ta fakultet va 112 ta kafedra faoliyat yuritmoqda. 15 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, 57 ta magistratura hamda klinik ordinatura mutaxassisliklari, 42 ta doktorantura ixtisosliklari mavjudligi esa chuqurlashtirilgan ta’lim va ilmiy izlanishlar uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Oliygohda 33 ming nafardan ortiq talaba tahsil oladi, shundan 4 300 dan ziyodi xorijiy talabalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu esa universitetning xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi.

Universitetning ilmiy salohiyati ham yuqori darajada shakllangan. 2 mingdan ortiq professor-o‘qituvchilar tarkibida yuzlab fan doktorlari, professorlar va PhD darajasiga ega mutaxassislar faoliyat olib boradi. Bu esa talabalar, ayniqsa xorijiy yoshlar uchun sifatli va zamonaviy bilim olish imkonini beradi.

Universitetda xorijiy talabalar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilgan. Universitetda ta’lim 3 ta tilda – o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib borilib, nafaqat O‘zbekistonlik, balki boshqa mamlakatlardan kelgan talabalar uchun ham juda qulaydir.

Ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratilgan - 10 dan ortiq zamonaviy laboratoriyalar, 360 dan ziyod klinik bazalar va innovatsion o‘qitish usullari orqali talabalar real tibbiy tajribaga ega bo‘lib boradi. So‘nggi yillarda universitetda o‘nlab yangi laboratoriyalar tashkil etilib, o‘quv binolari rekonstruksiya qilindi va universitetning kampuslar shaklidagi zamonaviy infratuzilmasi shakllantirildi.

Hozirgi kunda universitetning moddiy-texnik bazasi ham keng ko‘lamda rivojlangan: universitetda minglab o‘quv auditoriyalari, zamonaviy laboratoriyalar, simulyatsiya markazlari, elektron kutubxonalar va sport majmualari, yuqori tezlikdagi Wi-Fi, 900 dan ortiq kompyuterlar, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan sinflar mavjud. Talabalar uchun 6000 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy yotoqxonalar tashkil etilgan bo‘lib, bu ayniqsa xorijiy talabalar uchun katta qulaylik yaratadi.

Shuningdek, universitetda boshqaruv va ta’lim jarayonlari raqamlashtirilib, hujjatlar aylanmasi, masofaviy ta’lim platformalari, elektron kutubxona, elektron jurnal, Face ID, Uni TEST, elektron navbat, ta’limda sun’iy intellekt, virtual reallik (VR) va sun’iy reallik (AR) texnologiyalari, talaba va xodimlar ma’lumotlari, iqtidorli talaba-yoshlarni saralash bo‘yicha “Talabalar portfoliosi” kabi elektron platformalari ishga tushirilib, ta’lim oluvchilar uchun keng imkoniyatlarni yaratmoqda.

2025/2026 o‘quv yili uchun 5 mingdan ortiq talabalar qabul qilingani, universitetga bo‘lgan qiziqish yildan yilga ortib borayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, har yili minglab talabalar ushbu dargohni muvaffaqiyatli tamomlab, tibbiyot sohasida faoliyat yuritishga kirishmoqda.

Universitetning xalqaro maydondagi nufuzi ham oshib bormoqda. Universitetning 27 ta ta’lim dasturlari Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi (WFME) Yevrosiyo davlatlari tibbiyot muassasalarini akkreditatsiya qilish markazi (ECAQA) talablari asosida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilgan.

Xorijlik talabalar universitetdagi sifatli ta’lim, xavfsizlik, rivojlangan infratuzilma va do‘stona muhitni yuqori baholashadi. Ularning fikricha, universitet o‘qishning qulay narxi, sifatli ta’lim, keng qamrovli klinik amaliyot va har tomonlama e’tiborning eng yaxshi uyg‘unligini taklif etadi. Universitet talabalarga hujjatlar topshirish va viza rasmiylashtirishdan tortib, xorijiy talabalarning milliy bayramlarini nishonlashgacha bo‘lgan madaniy tadbirlarni o‘tkazish orqali ularga oliygoh sharoitiga moslashishda yordam beradi.

Universitetning xorijiy fuqarolar orasidagi nufuzi yildan yilga ortib bormoqda. Universitet Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi (WFME), Hindiston Milliy tibbiy komissiyasi (NMC) va boshqa xalqaro akkreditatsiyalovchi tashkilotlar tomonidan tan olingan bo‘lib, diplomning global e’tirof etilishini ta’minlaydi. Universitet diplomiga ega bitiruvchilar nafaqat o‘z vatanlarida, balki dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritish imkoniga ega.

Hindistonlik bitiruvchilarning muvaffaqiyati alohida g‘urur uyg‘otadi: so‘nggi ikki yil davomida hindistonlik xorijiy bitiruvchilar imtihon jarayonlarda yuqori ballarni qayd etmoqda. Bu natija universitetdagi tayyorgarlik darajasining yuqoriligini tasdiqlaydi.

Shu sababli xorijiy talabalar orasida universitetga o‘qishga kirish jarayonida tanlov juda yuqori bo‘lib, ushbu o‘quv yilida 2,500 dan ortiq chet el fuqarolari hujjat topshirdi va ularning 500 dan ortig‘i suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tdi va universitetga qabul qilindi.

Yaqinda universitet muhim xalqaro tadbir maydoniga aylandi. 2026 yil mart oyida Toshkentda sog‘liqni saqlash sohasida simulyatsion o‘qitish bo‘yicha 7-xalqaro konferensiya — SIMULCON 2026 bo‘lib o‘tdi. Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Sog‘liqni saqlash sohasida simulyatsiya xalqaro jamiyati hamda Hindiston Milliy tibbiy komissiyasi faol ishtirokida tashkil etilgan konferensiyada ko‘plab xorijiy, jumladan, hindistonlik ekspertlar va mutaxassislar, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Muhim jihat shundaki, konferensiyada Hindiston Milliy tibbiy komissiyasi (NMC) raisi doktor Abhijat Chandrakant Sheth ham ishtirok etdi. Konferensiya tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘lib, universitetning innovatsion tibbiy ta’lim sohasidagi yetakchi mavqeyini yana bir bor tasdiqladi.

Talabalarning fikrlari:

Xorijiy talabalar uchun yaratilgan qulay muhit va iliq munosabat ularning tez moslashuviga yordam beradi. Buni universitetda tahsil olayotgan talabalar fikrlarida ham ko‘rish mumkin.

Rishabh (Hindiston): “Men avval Ukrainada o‘qirdim, ammo urush sababli o‘qishni ko‘chirishga majbur bo‘ldim. Toshkent davlat tibbiyot universitetini tanlash hayotimdagi eng to‘g‘ri qarorlardan biri bo‘ldi. Bu yerda o‘zimni hurmatda va qo‘llab-quvvatlangan holda his qilaman. Toshkent — chiroyli, toza va osoyishta shahar. O‘qituvchilar juda tajribali. Ta’lim nafaqat nazariy, balki amaliyotga ham asoslangan. O‘zbekiston menga faqat ta’lim emas, balki o‘zimni shu yerga tegishli his qilish imkonini berdi”.

Saliq Qadri, 2-kurs talabasi: “Men Toshkent davlat tibbiyot universitetini tanladim va hech qachon afsuslanmadim. Bu yerda ajoyib simulyatsiya markazlari, klinikalarda real amaliyot va juda e’tiborli o‘qituvchilar bor”.

Mohammad Hamdani, 4-kurs talabasi: “Yashash sharoitlari ajoyib — toza yotoqxonalar, hind taomlari va to‘liq xavfsizlik. Ta’lim sifati esa eng yuqori darajada: universitet bitiruvchilari imtihonlarni yuqori ballar bilan topshirishadi. Bu yanada yaxshi o‘qishga undaydi”.

Saloni, 3-kurs talabasi: “Men ToshDavTUni ingliz tilida ta’lim va hindistonlik talabalar orasidagi yaxshi obro‘si uchun tanladim. O‘qituvchilar individual yordam berishadi, kampus esa eng so‘nggi texnika bilan jihozlangan. Doktor Abhijat Sheth ishtirokidagi SIMULCON konferensiyasi universitetimizni xalqaro miqyosda qanchalik yuqori baholashini ko‘rsatdi”.

Kanishk Parix Tapasvi, 5-kurs talabasi: “O‘qishimni ToshDavTUga ko‘chirish eng to‘g‘ri qaror bo‘ldi. Bu yerda yordam va madaniy tadbirlar tufayli o‘zimni uydagidek his qilaman. Ta’lim juda sifatli — biz chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lamiz, bu imtihonlarda yordam beradi. Hindistondan kelgan bitiruvchilarning yuqori natijalari bejiz emas!”

Xulosa qilib aytganda, zamonaviy infratuzilma, kuchli ilmiy salohiyat, xalqaro ochiqlik va insoniy qadriyatlar uyg‘unligi Toshkent davlat tibbiyot universitetini xorijiy talabalar uchun haqiqiy qulay va ishonchli ta’lim maskaniga aylantirmoqda.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid