Yiğiliş Toşkent davlat tibbiyot universitetida ötdi — bu maskan qariyb yuz yildirki, yurt tibbiyot kadrlarini tayyorlab keladi. Prezidentning ta’kidlaşiça, tibbiyotga yuqori texnologiyali uskunalar kiritilayotgani, yangi klinikalar barpo etilayotgani şaroitida ularda kim işlaşi masalasi hal qiluvçi ahamiyatga ega, bu infratuzilmani Yangi Özbekistonning iqtidorli öğil-qizlari töldirişi lozim.
Şu maqsadda tibbiy ta’limda quyidagi yönalişlar amalga oşiriladi:
- keyingi öquv yilidan pediatriya va davolaşni qamrab oladigan umumiy tibbiyot fakulteti oçiladi;
- oilaviy şifokorlik böyiça rezidentura va magistratura dasturlari yölga qöyiladi;
- rezidentura talabaci bepul öqiş bilan birga oilaviy şifokor sifatida işlab maoş oladi;
- bitiruvçi esa oilaviy şifokorlik böyiça tor soha diplomi va 150 foizli ustamaga ega böladi.
Prezident ta’kidlaşiça, oila a’zolarining barça yoş toifasiga sifatli xizmat körsata oladigan kuçli oilaviy şifokorlar tarmoğini şakllantiriş — soha oldidagi ustuvor vazifa.













