Sport | 18:39 / 04.04.2026
6088
1 daqiqa o‘qiladi

Abduqodir Husanov navbatdagi kubokka bir qadam yaqinlashdi

“Manchester Siti” Angliya kubogi chorak finalida “Liverpul”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuvda Erling Holand het-trikka erishdi.

Angliya kubogi chorak final doirasidagi "Manchester Siti" — "Liverpul" bahsi nihoyasiga yetdi.

Unda “Manchester Siti” yirik – 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Foto: X / ManCity

Gollarga Erling Holand (39,45+2, 57) va Antuan Semenio (50) mualliflik qildi. O‘yinning 64-daqiqasida “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh penaltini golga aylantira olmadi.

“Manchester Siti”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov bahsda to‘liq harakat qildi.

Avvalroq Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya Liga kubogi sohibiga aylangandi.

U shuningdek, muxlislar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomada «Manchester Siti»ning mart oyi yakunlari bo‘yicha eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid