Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Krokus»dagi terakt uchun sudlangan shaxs o‘z joniga qasd qildi
«Krokus»dagi terakt ijrochilari va ularga yordamchi deb topilganlar umrbod qamoq jazosini olgan edi.
Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan terakt ishi bo‘yicha umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan shaxs o‘z joniga qasd qildi, deb xabar berdi RBK Rossiya jazoni ijro etish federal xizmatiga (FSIN) tayanib.
«Joyida reanimatsion muolajalar o‘tkazildi, ammo natija bo‘lmadi. Hozir tekshiruv ishlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.
FSIN ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa kuzatuv kameralari orqali aniqlangan. Qayd qilinishicha, mahkumning ismi-sharifi shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunga muvofiq oshkor etilmaydi.
«RIA Novosti» xabariga ko‘ra, Yusufzoda Yoqubjoni Davlatxon o‘z joniga qasd qilgan.
Rossiya G‘arbiy okrug harbiy sudi 12 mart kuni «Krokus»dagi terakt ijrochilari - Shamsiddin Fariduniy, Dalerjon Mirzoyev, Mahammadsobir Fayzov va Saidakrami Rajabalizodani umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Shuningdek, Tergov tomonidan yordamchi deb topilgan yana 11 nafar shaxsga umrbod qamoq jazosi tayinlandi, yana 4 nafariga 19 yildan 22 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan edi.
Mavzuga oid
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026
Rossiya mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas, vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchi - Shavkat Mirziyoyev
20:34 / 05.06.2026
Bu xat qo‘pollik unsurlariga ega - Putin Zelenskiyning xati haqida
08:44 / 05.06.2026