Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
«Kataib Hizbulloh» guruhi bir necha mahbuslarning ozod qilinishi evaziga uni qo‘yib yuborgani aytilmoqda.
Foto: AFP/Getty Images
Iroqda «Kataib Hizbulloh» guruhi tomonidan o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi, deb yozdi The New York Times guruh vakillari va Iroq xavfsizlik xizmatidagi ikki manbaga tayanib.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Kittlson «Kataib Hizbulloh»ning bir necha mahbus a’zolarini ozod qilish evaziga qo‘yib yuborilgan. Guruhdan ozod qilinganlarning aniq soni aytilmagan.
«Kataib Hizbulloh» jurnalistning zudlik bilan Iroqni tark etishi kerakligini aytdi. Kittlson hozir qayerda ekanligi noma’lum.
Amerikalik mustaqil jurnalist Shelli Kittlson 31 mart kuni Iroq poytaxtida fuqarolik kiyimidagi shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgandi. U Yaqin Sharqdagi bir qancha urushlarni yoritgan hamda xorijiy nashrlar uchun materiallar tayyorlab kelgan.
Mavzuga oid
09:30
Tramp NATOdan noroziligini bildirib, Grenlandiyani esladi
23:15 / 09.04.2026
Isroil Livan bilan muzokaralar boshlashini e’lon qildi
21:39 / 09.04.2026
AQSh–Eron sulhi: Trampni to‘xtashga majbur qilgan asosiy omil nima?
19:16 / 09.04.2026