Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OneTI yordamida kiberxavflardan himoyalaning
Tizim biznes va har qanday tashkilotlarga xavflarni oldindan aniqlash hamda kiberhodisalarning oldini olish imkonini beradi.
Foto: OneTI
Ekspertlari O‘zbekiston kiberxavfsizlik sohasida 20 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib kelayotgan ONESEC kompaniyasi kibertahdidlarni razvedka qilish bo‘yicha Threat Intelligence (OneTI) tahliliy platformasini taqdim etdi. Mazkur yechim kiberxavflarni monitoring qilish, hujumlarni tahlil qilish va tashkilotlarning AT (axborot texnologiya) infratuzilmasini himoya qilishga mo‘ljallangan.
Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda 60 000 dan ortiq kiberjinoyat qayd etilgan. So‘nggi bir necha yil ichida ularning soni 10 barobarga oshgan, umumiy zarar esa 2 trln so‘mga baholanmoqda. Kiberjinoyatchilikning o‘sib borishi fonida biznes raqamli aktivlarni proaktiv himoya qilishga tobora ko‘proq ehtiyoj sezmoqda.
OneTI platformasi kompaniyalar tahdidlarni oldindan aniqlashi va hujumlarning oldini olishi uchun ishlab chiqilgan. Tizim kibertahdidlar haqidagi ma’lumotlarni turli manbalardan — ochiq kanallar, darknet, ixtisoslashgan xizmatlar, tahliliy bazalardan to‘playdi va tahlil qiladi, bu esa hujumlarning yaxlit manzarasini shakllantirish hamda ehtimoliy xavfsizlik insidentlariga tezroq munosabat bildirish imkonini beradi.
Platforma imkoniyatlari qatoriga kompaniyalar brendi ostidagi fishing saytlarini aniqlash, firibgarlikka oid to‘lov rekvizitlarini topish, ma’lumotlar sizib chiqishini monitoring qilish, zararli fayllarni tahlil qilish, darknetdagi faollikni kuzatish va zaifliklar bazalari bilan ishlash kiradi. Shuningdek, tizim g‘araz niyatli shaxslar guruhlari faoliyatini va ularning hujum usullarini tahlil qilish imkonini ham beradi.
OneTI tahdidlar haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish va insidentlarga munosabat bildirishni tezlashtirish imkonini beradi. Buning natijasida kompaniyalar kiberhujumlar va moliyaviy yo‘qotishlar xavfini kamaytirgan holda, xavfsizlikning reaktiv modelidan proaktiv modeliga o‘tishlari mumkin.
Platforma o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlaydi, Telegram, SMS va elektron pochta orqali kritik hodisalar haqida tezkor bildirishnomalar yuborishni ko‘zda tutadi, shuningdek, ONESEC ekspertlari tomonidan o‘qitish va qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.
Telefon raqami: (+998) 88-263-77-00
Manzil: Toshkent shahri, Seul ko‘chasi, 4-uy.
E-mail: [email protected]
Sayt: https://oneti.uz/uz
Facebook: https://www.facebook.com/onesec.uzb
Instagram: https://www.instagram.com/onesec.uz/
Telegram: https://t.me/onesec
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
11:10 / 16.04.2025
O‘zbekistonda 1 mlndan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar borligi aytildi
09:21 / 03.09.2024
O‘zbekistonda yolg‘iz keksalar soni ma’lum qilindi
13:30 / 03.06.2024
O‘zbekistonda ijtimoiy himoya oluvchi oilalar soni ma’lum qilindi
12:36 / 27.05.2024