Ijtimoiy himoya milliy agentligi Özbekistondagi yolğiz keksalar sonini ma’lum qildi. 

2023 yil 1 sentabr Yagona milliy ijtimoiy himoya axborot tizimining “Yolğiz keksa” moduli işga tuşirilib, unda 2023 yil 1 oktyabr holatiga jami 18 928 nafar özgalar parvarişiga muhtoj yolğiz yaşovçi hamda yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslar mavjud bölgan. 

2023 yil 1 oktyabr-2024 yil 31 iyul holatiga reyestrga 4647 nafar özgalar parvarişiga muhtoj şaxs kiritilgan va 6287 nafari reyestrdan çiqarilgan. 2024 yil avgust oyi holatiga köra, 17 288 nafar özgalar parvarişiga muhtoj şaxs ijtimoiy-maişiy xizmatlardan foydalanib kelmoqda.

Bunda ularning 7939 nafari yolğiz yaşovçi keksalar, 2306 nafari yolğiz yaşovçi nogironligi bölgan şaxslar, 4703 nafari yolğiz keksalar va 2340 nafari yolğiz nogironligi bölgan şaxslar.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari, ijtimoiy xodim, tuman tibbiyot birlaşmasining maxsus monitoring guruhi vakili hamda fuqarolar yiğini raisi tomonidan ijtimoiy xizmatlar sifati hamda individual ijtimoiy xizmatlar rejasi natijalari monitoringi olib borilmoqda. 

Xususan, monitoring davomida körsatilgan xizmatlar natijasida şaxslarning özganing yordamiga muhtojlik darajasi kamayganligi va holati yaxşilanişi kuzatilgan.

Tuşunçalarning huquqiy ta’rifi:

özgalar parvarişiga muhtoj nogironligi bölgan yolğiz şaxslar — farzandlari (şu jumladan, farzandlikka olinganlar), eri (xotini), ota-onasi, homiylari va sud tomonidan nogironligi bölgan şaxsni parvariş qiliş majburiyati yuklangan şaxslar (voyaga yetmagan yoki I guruh nogironligi bölgan farzandlar, özgalar parvarişiga muhtoj I va II guruh nogironligi bölgan yoki yoşga doir pensiya yoşidagi eri (xotini) va ota-onasi bundan mustasno) bölmagan özgalar parvarişiga muhtoj I va II guruh nogironligi bölgan şaxslar;

özgalar parvarişiga muhtoj yolğiz yaşovçi nogironligi bölgan şaxslar — yolğiz yaşovçi yoki jazoni ijro etiş muassasalarida yoxud uzoq muddat davolanişda bölgan şaxslar bilan birga yaşovçi özgalar parvarişiga muhtoj I va II guruh nogironligi bölgan şaxslar;