2025 yilning I çoragi yakuniga köra, Özbekistonda nogironligi bölgan şaxslar soni 1 031 609 nafarni yoki aholining 2,7 foizini taşkil etadi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabariga köra, nogironligi bölgan şaxslarning 465 645 nafari yoki 45 foizi ayollar, 565 964 nafari yoki 55 foiz erkaklar bölib, ularning 173 285 nafari 18 yoşgaça bölgan bolalar hisoblanadi. Bundan taşqari:

  • I guruh nogironligi — 94 722 nafar;
  • II guruh nogironligi — 695 372 nafar;
  • III guruh nogironligi — 67 006 nafar.

Nogironligi bölganlarning yoşi böyiça eng yuqori körsatkiç 30 yoşdan pensiya yoşigaça bölganlarda (493 879 nafar) belgilangan.

2025 yilning ötgan davri mobaynida tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan 17 499 nafar şaxsga birlamçi, 41 487 nafar şaxsga qayta nogironlik berilgan.

Bunda birlamçi nogironlik asosan qon aylaniş a’zolari kasalliklari (2808), suyak-muşak kasalliklari tizimi kasalliklari (1900), tuğma nuqsonlar (1724), endokrin kasalliklari (1580), asab tizimi kasalliklari (1349) böyiça belgilangan.

Nogironligi bölgan şaxslar hududlar kesimida eng yuqori körsatkiç:

  • Samarqand (110 189);
  • Qaşqadaryo (108 041);
  • Farğona (94 395);
  • Andijon (88 470);
  • Surxondaryo (88 470).

Eng past körsatkiç esa Sirdaryo (38 123), Jizzax (44 496), Navoiy (48 172) va Buxoro (60 446) viloyatlarida kuzatilgan.