Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 8,1 mlrd dollarga kamaydi
Ketma-ket 7 oylik o‘sishdan keyin O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 8,09 mlrd dollarga qisqarib, 2026 yil 1 aprel holatiga 68,99 mlrd dollarni tashkil etdi. Bunga asosiy sabab – mart oyi davomida oltin narxining arzonlashishi. Agar 2 mart kuni qimmatbaho metalning bir troya unsiyasi 5419 dollargacha ko‘tarilgan bo‘lsa, 1 aprelda o‘rtacha narxlar 4785 dollar bo‘ldi.
2026 yil 1 aprel holatiga, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 68,99 mlrd dollarni tashkil qildi. Zaxiralar qiymati mart oyida 8,09 mlrd dollarga qisqardi. Bu haqda Markaziy bank taqdim qilgan hisobotda keltirib o‘tilgan.
O‘tgan oy davomida zaxiralarning valuta qismi 1,26 mlrd dollarga, oltin qismining qiymati 6,82 mlrd dollarga kamaydi. O‘z navbatida zaxiralar tarkibida oltinning fizik hajmi 13,1 mln troya unsiyadan 13,4 mln troya unsiyaga oshgan.
Regulyator investitsiya kiritgan qimmatli qog‘ozlar portfeli esa deyarli o‘zgarishsiz qolib, 1,5 mlrd dollar atrofida saqlanib qoldi.
Umuman olganda, ketma-ket 7 oydan beri O‘zbekistonning zaxira aktivlarida o‘sish kuzatilayotgandi. Bu xalqaro bozorda oltin narxlarining qimmatlashishi fonida yuz berdi. Yaqin Sharqda geosiyosiy vaziyatning nihoyatda keskinlashishi, jahon savdosidagi noaniqliklar, AQSh Federal rezerv tizimining mustaqilligi atrofidagi xavotirlar va Qo‘shma Shtatlarning fiskal barqarorligiga doir shubhalar kuchaygani sabab 2026 yilda qimmatbaho metall bahosi 5000 dollardan oshib ketgandi.
Biroq, mart oyida qimmatbaho metall narxi pasaya boshladi: agar 2 mart kuni oltinning bir troya unsiyasi 5419 dollargacha ko‘tarilgan bo‘lsa, 1 aprelda o‘rtacha narxlar 4785 dollarni tashkil etdi.
Mavzuga oid
14:30 / 06.06.2026
Mobil telefon raqami orqali tezkor pul o‘tkazish tizimi ishga tushadi. U qanday ishlaydi?
08:50 / 06.06.2026
Markaziy bank litsenziyalash qoidalariga yangi talablarni joriy qildi
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
19:51 / 27.05.2026