Sport | 19:16 / 11.04.2026
3803
1 daqiqa o‘qiladi

Shomurodov dublga erishib, Turkiya superligasidagi golsiz seriyasiga yakun yasadi

Eldor Shomurodov 18 ta gol bilan to‘purarlar poygasida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Foto: X / ibfk2014

Turkiya Superligasi 29-turi doirasida “Istanbul Boshoqshehir” o‘z maydonida “Genchlerbirligi”ni qabul qildi.  

Mezbonlarning uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov 9- va 40-daqiqalarda mehmonlar darvozasiga gol urib, dublga erishdi. U 80-daqiqada zaxiraga olindi.

Bahs “Istanbul Boshoqshehir”ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Eldor Shomurodov Turkiya superligasida beshta o‘yindan buyon maydonni golsiz tark etayotgandi.

Istanbul jamoasi ayni damda 47 ochko bilan beshinchi o‘rinda, Shomurodov esa 18 ta gol bilan to‘purarlar poygasida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

To‘purar poygasida  “Trabzonspor” hujumchisi Pol Onuachu 22 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda.

 

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid