Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Smartfon ishlashini sekinlashtiradigan ilovalar aytildi
Foydalanuvchiga oid ma’lumotlarni kuzatish va yig‘ish funksiyalariga ega ilovalar smartfon ishlashini sekinlashtirishi mumkin.
Mualliflarning ta’kidlashicha, zamonaviy ilovalar, ayniqsa Android platformasida fon rejimida ishlay oladi, telemetriya ma’lumotlari va reklama uchun axborot to‘playdi. Bu esa qurilma samaradorligini pasaytiradi va batareya tezroq tugashiga olib keladi.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda ijtimoiy tarmoq ilovalari ana shunday ilovalar qatoriga kiradi. Masalan, Facebook, TikTok, X va boshqa servislar foydalanuvchi haqida ma’lumotlarni yig‘ib, unga mos kontentni ko‘rsatadi.
Shuningdek, striming ilovalari ham qurilma ishlash tezligiga ta’sir qilishi mumkin. Masalan, Netflix onlayn-kinoteatri va Spotify musiqa xizmati ma’lumotlarni keshda saqlaydi. Xotira yetishmasligi sababli smartfon sekinroq ishlay boshlaydi.
Google Maps, Waze kabi navigatsiya dasturlari internetsiz ham ishlay olishi uchun ma’lumotlarni keshda saqlaydi.
Ob-havo ilovalari ham resurslarni sarflaydi. Masalan, Pixel Weather, Weather Underground, Weawow kabi servislar meteoma’lumotlarni doimiy yangilab turadi, internet-trafikni ishlatadi va batareya quvvatini kamaytiradi.
Mavzuga oid
22:10 / 17.05.2026
Smartfonlar va internet tug‘ilish darajasini pasaytirdi – tadqiqot
23:34 / 18.04.2026
2026 yil birinchi choragidagi eng yaxshi smartfonlar ma’lum qilindi
20:35 / 08.02.2026
Smartfonlar bozorining yetakchilari ma’lum qilindi
22:27 / 01.11.2025