Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Eronni o‘n yil elektrsiz qoldirish bilan tahdid qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp elektr stansiyalarini yo‘q qilish orqali Eronni o‘n yil elektrsiz qoldirish bilan tahdid qildi.
Foto: REUTERS
"Biz ularga zarba berishimiz mumkin. Shunday qilamizki, sizlar o‘n yil davomida elektrsiz qolasizlar", - dedi u Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Amerika prezidentining qo‘shimcha qilishicha, AQSh bunday zarba bergan taqdirda Eron elektr stansiyalarini qaytadan qurishiga to‘g‘ri keladi.
U shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Erondagi ko‘priklarni ham yo‘q qilishga tayyorligini aytdi.
11-12 aprel kunlari Islomobodda AQSh va Eron delegatsiyalari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Amerika delegatsiyasi tarkibidan vitse-prezident Jyey Di Vens, maxsus vakil Stiv Uitkoff va Donald Trampning kuyovi Jared Kushner o‘rin olgan. Eron tomonidan esa parlament raisi Muhammad Boqir G‘olibof va tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ishtirok etdi.
Muzokaralardan so‘ng AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens Eron Amerika tomonining shartlarini qabul qilmagani va yadro qurolini ishlab chiqish niyatidan voz kechishni xohlamayotganini aytdi. Eron tashqi ishlar vazirligi esa tomonlar ikki-uchta masala bo‘yicha kelisha olmaganini ma’lum qilib, muzokaralar davom etishiga umid bildirdi.
Mavzuga oid
20:31 / 12.04.2026
Islomoboddagi muvaffaqiyatsiz muzokaralar: nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
20:05 / 12.04.2026
Isroil armiyasiga Eronga hujum qilishga tayyorlanish buyurildi – OAV
18:20 / 12.04.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi haqida e’lon qildi
15:05 / 12.04.2026