Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xabarovsk o‘lkasida xitoylik ishchilar namoyish uyushtirdi
Neftni qayta ishlash zavodi ishchilari maoshlar berilmayotganidan norozilik bildirishgan.
Foto: Videodan kadr
Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida ishlovchi xitoylik migrantlar norozilik aksiyasi uyushtirishdi.
Mahalliy nashrlarga ko‘ra, 200 nafar atrofidagi xitoyliklar 12 aprel kuni Komsomolsk-na-Amur shahri ko‘chalari bo‘ylab marsh qilib o‘tishgan. Marshni yakunlagach namoyishchilar markaziy ko‘cha yoqasidagi trotuarlar va gazonlarga o‘tirib olishgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ular «Petro-Xexua» kompaniyasining maoshlari to‘lanishini talab qilib chiqqan ishchilaridir. Ular xitoycha va ruscha yozilgan plakatlar ko‘tarib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda «Rosneft» rahbari Igor Sechinga murojaat qilishgan.
Shahar rahbari Dmitriy Zaplutayev ishchilar bilan uchrashgan, ammo muzokaralar natijalari haqida xabar berilmagan.
Aksiya o‘tkazilgan joyda navbatchilik qilgan politsiyachilar va milliy gvardiyachilar namoyishchilarning birortasini qo‘lga olmagan.
Komsomolsk-na-Amurdagi neftni qayta ishlash zavodining xitoylik ishchilari 2021 yil noyabrida ham shunga o‘xshash aksiya o‘tkazishgandi. O‘shanda ham ular maoshlarni to‘lash va vatanga qaytarishni talab qilishgandi.
Mavzuga oid
23:16 / 10.04.2026
Dunyodagi eng baland osmono‘par binolardan biri 18 yillik tanaffusdan so‘ng qurib bitkaziladi
21:28 / 10.04.2026
Tayvan muxolifati yetakchisi Pekinda Si Jinping bilan uchrashdi
08:10 / 09.04.2026
Elektromobillar poygasi: kim dunyoda yetakchi?
07:45 / 09.04.2026