O‘zbekiston | 17:41 / 13.04.2026
3850
1 daqiqa o‘qiladi

Fanlar akademiyasi 190 gektar yer maydonidan ixtiyoriy voz kechdi

Yer maydoni Toshkent shahri hokimligi tasarrufida bo‘lgan bo‘sh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olindi.

Foto: Kun.uz

Fanlar akademiyasi Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ulug‘bek shaharchasidagi 190 gektar yer maydonidan ixtiyoriy tarzda voz kechdi. Bu haqda Toshkent shahri hokimining qaroridan ma’lum bo‘lmoqda.

Yer maydoni Toshkent shahri hokimligi tasarrufida bo‘lgan bo‘sh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olingan.

Qarorga ko‘ra, mazkur yer maydoni keyinchalik shaharsozlik talablari asosida samarali foydalanish, ijtimoiy infratuzilma obektlarini barpo etish, turar-joy qurilishi yoki investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ajratilishi mumkin.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid