Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya Qozog‘istondan neft import qilishni rejalashtiryapti
Yaqin Sharqdagi geosiyosiy keskinlik va Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopib qo‘yilishi fonida Janubiy Koreya Qozog‘istondan neft sotib olishi mumkin. Bu ta’minotni uzoq muddatga diversifikatsiya qilishga qaratilgan chora sifatida baholanyapti.
Foto: REUTERS
Yaqin Sharqdagi geosiyosiy keskinlik va Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi fonida Janubiy Koreya Qozog‘istondan neft sotib olishni rejalashtiryapti. Bu haqda mamlakat sanoat vaziri Kim Chjon Kvan ma’lum qildi.
«Muzokaralarda sezilarli yutuqlarga erishildi. Aniq hajm hamda shartlar kelasi hafta boshida e’lon qiliadi. Qozog‘iston juda uzoqdek tuyulishi mumkin, ammo amalda yetkazib berish taxminan AQShdan keladigan vaqt bilan bir xil, qariyb 50-60 kunni tashkil etadi», degan Kvan «KBC» telekanaliga bergan intervyusida.
Aprel oyi boshida Janubiy Koreya prezidenti administratsiyasi rahbari Kan Xun Sik va vazir Kim Chjon Kvan Qozog‘istonga tashrif buyirib, neft va nafta mahsulotlarini import qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgandi. Bu tashrif neft yetkazib berishni uzoq muddatli diversifikatsiya qilishga qaratilgan.
Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya energetika resurslari importiga to‘liq qaram bo‘lib, neft xaridining 70 foizini Yaqin Sharq mamlakatlaridan amalga oshirgan. Shuningdek, Koreya hukumati o‘tgan oy Birlashgan Arab Amirliklari bilan ham 24 million barrel neft yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgandi.