Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostonaga keldi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Ostona shahriga yetib bordi.
Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Ostona aeroportida O‘zbekiston yetakchisini Qozog‘iston bosh vaziri O‘ljas Bektenov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Shavkat Mirziyoyev tashrif dasturiga muvofiq — davlat rahbari maqomida Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Ushbu Kengash — Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining yuqori organi bo‘lib, unga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya a’zo davlatlar hisoblanadi. O‘zbekiston, Kuba va Moldova kuzatuvchi davlat maqomida.
Mavzuga oid
19:57 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
10:25 / 24.06.2026
To‘qayev va YeI yetakchilari hamkorlikning yangi bosqichini boshladi
08:55 / 24.06.2026
O‘zbekistonda Xalqaro maqom akademiyasi tashkil etilishi mumkin
20:20 / 23.06.2026