Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo viloyati sudyasi 3600 dollar pora bilan ushlandi
U o‘z ish yurituvidagi iqtisodiy ishni tadbirkor foydasiga hal qilib berish evaziga pora olgan payti ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.
Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi E.S. 3600 dollar pora bilan ushlandi.
Oliy sud axborotiga ko‘ra, u o‘z ish yurituvidagi iqtisodiy ishni kassatsiya instansiyasida Guliston shahrida faoliyat yurituvchi MChJ foydasiga hal qilish evaziga shuncha pul olganlikda gumonlanyapti.
Sudya tezkor tadbirda ashyoviy dalil bilan qo‘lga tushgan.
“Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Oliy sud tomonidan sud organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimni nopok kadrlardan tozalash borasida barcha zarur sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Bunda eng avvalo sudya va xodimlar o‘rtasida nojo‘ya va nomunosib xatti-harakatlarning oldini olish, shu bilan birga korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan sudya va xodimlarni aniqlash hamda ularga nisbatan qat’iy choralar ko‘rishga e’tibor qaratilmoqda”, – deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:49 / 13.04.2026
Shukurov ishida qamoqqa olingan sobiq sudyalarning 3 nafari garov evaziga ozodlikka chiqdi
08:40 / 12.04.2026
Qarz laqabli pora, IIBdagi “plan” va Sindorovning rekordi - hafta dayjesti
20:05 / 10.04.2026
«Umuman iqror emasman» – Sanjar Karimovga oid sud ish boshladi
12:15 / 10.04.2026