Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy işlar böyiça sudyasi E.S. 3600 dollar pora bilan uşlandi.
Oliy sud axborotiga köra, u öz iş yurituvidagi iqtisodiy işni kassatsiya instansiyasida Guliston şahrida faoliyat yurituvçi MÇJ foydasiga hal qiliş evaziga şunça pul olganlikda gumonlanyapti.
Sudya tezkor tadbirda aşyoviy dalil bilan qölga tuşgan.
“Şu örinda ta’kidlaş joizki, Oliy sud tomonidan sud organlarida korrupsiyaga qarşi kuraşiş, tizimni nopok kadrlardan tozalaş borasida barça zarur sa’y-harakatlar amalga oşirilmoqda.
Bunda eng avvalo sudya va xodimlar örtasida nojöya va nomunosib xatti-harakatlarning oldini oliş, şu bilan birga korrupsiyaga yöl qöygan sudya va xodimlarni aniqlaş hamda ularga nisbatan qat’iy çoralar körişga e’tibor qaratilmoqda”, – deyiladi xabarda.








