Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
21 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzilishlar aniqlandi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” tizim tashkiloti bo‘lgan “Quyuv-mexanika zavodi” tomonidan o‘tkazilgan umumiy qiymati 21 mlrd so‘mdan ortiq 8 ta tanlov savdolarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi. O‘tkazilgan tenderlarda raqobatni cheklovchi yoki cheklashi mumkin bo‘lgan harakatlar sodir etilgan.
Foto: 123RF
21 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlaridagi qonunbuzilishlar yuzasidan ish qo‘zg‘atildi, deya xabar beri Raqobat qo‘mitasi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, qo‘mitaning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan “Quyuv-mexanika zavodi” tomonidan o‘tkazilgan eng yaxshi takliflarni tanlash savdolari “Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganilgan.
“O‘zbekiston temir yo‘llari tizim tashkiloti bo‘lgan zavod o‘tkazgan jami 21 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 8 ta tanlov savdolarida qonun talablari buzilgani aniqlandi. Xususan, “Raqobat to‘g‘risida"gi Qonunning 29-moddasiga rioya qilinmay, savdolarda raqobatni cheklovchi yoki cheklashi mumkin bo‘lgan harakatlar sodir qilingan”, deyiladi xabarda.
Yuqoridagi holat bo‘yicha qo‘mitaning hududiy boshqarmasi maxsus komissiyasi tomonidan buyurtmachi tashkilotga nisbatan ish ochilib, belgilangan tartibda tegishli ta’sir chorasi qo‘llangan.
Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan.
Mavzuga oid
20:11 / 06.04.2026
Un sotish qoidalarini buzgan 29 ta korxona birjadan chetlashtirildi
12:46 / 30.03.2026
Raqobat qo‘mitasi propan narxini sun’iy oshirgan 31 ta importyorni jarimaga tortdi
19:05 / 28.03.2026
25 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilishlar aniqlandi
20:49 / 25.03.2026