Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahorda qor: Zomin tog‘larida qor yog‘di
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 16 aprel kuni Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan Suffa hududida bahor fasliga qaramasdan qor yog‘ishi qayd etildi.
Foto: Videodan kadr
Ma’lum qilinishicha, soat 09:45 dan boshlab dengiz sathidan 2400 metr balandlikda joylashgan hududda o‘rtacha qor yog‘gan. Qor qalinligi 2 santimetrni tashkil etgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, baland tog‘li hududlarda bahor oylarida ham qisqa muddatli qor yog‘ishi tabiiy holat hisoblanadi. Suffa kabi balandlikda joylashgan joylarda havo harorati keskin pasayishi natijasida bunday holatlar kuzatilishi mumkin.
Qayd etilishicha, ushbu ob-havo holati oqibatida hech qanday talafotlar yoki favqulodda vaziyatlar kuzatilmagan.
Ma’lumot uchun, hodisa sodir bo‘lgan nuqtaning geografik koordinatalari 39°37ʼ36.4 shimoliy kenglik va 68°28ʼ19.5 sharqiy uzunlik sifatida qayd etilgan.
O‘zgidromet aholidan ob-havo sharoitidagi o‘zgarishlarga e’tiborli bo‘lishni va rasmiy ma’lumotlarga tayanishni so‘rab qolgan.
Mavzuga oid
14:21 / 08.04.2026
Qashqadaryo va Jizzaxning tog‘li hududlarida qor yog‘di
17:16 / 24.02.2026
AQSh sharqiy sohilida rekord darajada qor: 5 mingdan ortiq reyslar bekor qilindi
17:52 / 07.02.2026
Tog‘larga ko‘p qor yog‘di: bu yil barakali, ammo xavfli mavsum bo‘ladi
22:38 / 31.01.2026